
Manba: Ronalduning agenti yaqin vaqt ichida 3 ta top-klub bilan muzokara boshlaydi
Mana bir necha oydirki, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etib, Evropaning boshqa top-klubiga o‘tishi haqidagi doston davom etmoqda.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romano 37 yoshli forvardning transferi borasidagi bir qancha faktlarni ochiqladi.
"Chelsi"ga Ronaldu xizmatlari taklif qilindi. Uning agenti London klubi bilan transferni muhokama qilgan, biroq Tuxel Krishtianu bilan bir jamoada ishlashni istamagan.
“Ishonchim komilki, yaqin vaqt ichida Mendesh Ronaldu borasida xaridorlar bilan yangi muzokaralarni boshlaydi. Bular “Bavariya”, “Atletiko” va yana “Chelsi” kabi jamoalar bo‘lishi mumkin”, — deydi Romano.
Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar ligasida ishtirok eta olmagani uchun Ronaldu MYuni tark etishga qaror qildi.
Fikrlar