Malkom: Men "Lion"ga har o‘yinda gol urardim. Umi qilamanki, buni yana amalga oshiraman

  • 30 avgust, 2019, 00:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" klubi yarim ximoyachisi Malkom Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga tashlangan qur’a haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men tez orada safga qaytishni va jamoaga yordam berishni istayman. Barchaga nimaga qodir ekanligimizni ko‘rsatishni xohlayman.

Raqiblarimiz kuchli, ammo ko‘p mehnat qilyapmiz. Mexmonda ochkolarni qo‘lga kiritib, o‘z uyimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilmoqdamiz.

"Lion"ga qarshi o‘yinlarda doim omadli bo‘lganman va har bir o‘yinda gol urganman.

Umid qilamanki, omad davom etadi va men yana gol uraman. Umuman farqi yo‘q, men yoki jamoadoshlarim gol urishi muhim emas. Asosiysi jamoamizning g‘alabasidur," - dedi Malkom.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!