
"Liverpul" Isakni qo‘ldan boy bermoqchi emas — yangi taklif tayyorlanmoqda
Futbol insayderi Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Liverpul" 25 yoshli shvedtsiyalik hujumchi Aleksandr Isakni qo‘lga kiritishdan hali ham umidvor. Agar "Nyukasl" muzokaralarga rozi bo‘lsa, mersesaydliklar yangi rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor.
Isakning pozitsiyasi o‘zgarmagan — u "Liverpul"ga o‘tishni istamoqda.
Avvalroq, uning klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida futbolchi "Nyukasl" mashg‘ulotlaridan chetlatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, klub mutasaddilari qachonki yangi hujumchi bilan kelishuvga erishilib, shartnoma imzolangan taqdirda Isakni sotish bo‘yicha muzokaralarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Fikrlar