"Lion" Dembelening transferi bo‘yicha "Chelsi" yuborgan dastlabki taklifni rad etdi

  • 2 yanvar, 2020, 19:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi qishki transferlar davrida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu borada ularning e’tibori “Lion” forvardi Mussa Dembelega tushgan.

Tecno

Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” frantsiyalik hujumchi uchun “Lion”ga 40 mln evro taklif qilishgan. Frantsuz grandi esa ushbu mablag‘ni juda kam deb hisobladi va shu bois “Chelsi”ning taklifini rad etdi.

Dembele ham boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Endi “Chelsi” uning transferi bo‘yicha “Lion”ga yangi taklif yuboradi. Londonliklar “Lion”ga Olive Jiru ham qo‘shib berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!