
"Leyptsig" direktori Timo Verner haqida nimalar dedi?
"RB Leyptsig" klubi ijrochi direktori Oliver Mintslaff Transfermarkt nashriga bergan intervyusida jamoa hujumchisi Timo Verner kelajagi haqida gapirib o‘tdi.
"Bunday gap-so‘zlar matbuotda doimo bo‘lib kelgan, kimdir nimadir o‘ylab topadi, qolganlar esa uni qayta chop etishadi. Verner klubda o‘zini baxtiyor xis qilmoqda", - deydi klub direktori.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Liverpul" Timo Vernerni aprelgacha xarid qilish niyatidaligi xabar qilingan edi.
Fikrlar