
Levchenko: “Raqib butun jamoa bo‘lib himoyalandi"
O‘zbekiston Superligasi 14-turida o‘z maydonida “Metallurg”ni mag‘lub etgan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko g‘alaba, yangi futbolchilar, raqobat va muxlislar haqida fikr bildirdi.
“Raqib butun jamoa bo‘lib himoyalandi va bu bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Birichni taymda gol urib olganimizda, o‘yin boshqacha tus olardi. Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirdik va gol urishga erishdik. Bunday ob-havoda futbol o‘ynash qiyin. Shunga qaramay, o‘yin tempini tushirmadik. Futbolchilarga rahmat”, - dedi murabbiy.
“Hozirgidek issiq havoda shogirdlarimga qanchalik qiyinligini bilamiz. Nafaqat legionerlar, balki mahalliy o‘yinchilar ham qiynalishmoqda. Yangi futbolchilarga moslashishlari uchun vaqt kerak. Qolaversa, ular hali jamoada boshqalar bilan raqobatlashishlari lozim.
Toshmirzaev raqobatda yutib chiqsagina asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. U boshqa klub o‘yinchisi edi, endi esa bizning jamoamizda. Talab hamma joyda bir xil.
Albatta, uy o‘yinlarimizda muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari biz uchun juda muhim. Barcha uchrashuvda shunday bo‘lishini istardik. Ularning bugungidek yaxshi kayfiyatda ko‘rishni istaymiz. Biz ham o‘z navbatida ularni doimiy ravishda g‘alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz”.
O‘zPFL matbuot xizmati
Fikrlar