
Legionerlarimiz. Shukurov to‘liq o‘ynagan uchrashuvda "Al-Feyha" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Saudiya chempionati 28-turidan o‘rin olgan "Al-Ahli" - "Al-Feyha" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Al-Feyha" yarim himoyachisi Otabek Shukurov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Shukurovning harakatlari "SofaScore" statistik portali tomonidan 6.3 ballga loyiq ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, 28-turdan so‘ng "Al-Feyxa" 29 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar