
Legionerimizning norasmiy debyutida "Nijniy Novgorod" g‘alaba qozondi
Rossiya jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda.
Bugun "Nijniy Novgorod" klubi "Tekstilshik"ka qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bellashuv novgorodliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Har ikki gol Aleksandr Troshechkin hisobiga yozildi.
E’tiborlisi, o‘yinni ikki legionerimiz asosiy tarkibda boshladi. Bu bir necha kun oldin klub yig‘iniga borib qo‘shilgan Ruslan Jiyanov uchun norasmiy debyut sifatida qayd etildi.
Fikrlar