Legionerimizning goli jamoasini quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldi

  • 3 dekabr, 2023, 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bir necha mavsumdan beri “Energetik-BGU”ga muxlislik qilib keladi. Chunki bu jamoa tarkibida muntazam o‘zbek futbolchilari o‘ynayapti. Avvalgi mavsumlarda Jasur Yaxshiboev, Shahboz Umarov, Humoyunmirzo Eminov, Shahzod Ubaydullaev, Doniyor Abdumannopov,  Bobur Abduxoliqov minsklik talabalar sharafini himoya qildi.

Tecno

1689190167

2023 yilgi mavsumni Abduqodir Husanov va Amirbek Bakaev “Energetik-BGU”da boshladi. Yozda Husanov Frantsiya vitse-chempioni “Lans”ga ko‘chib o‘tib, jamoaning eng mashhur o‘yinchisiga aylandi.

Husanovning o‘rni bo‘sh qolmadi. Klub rahbariyati yana bir o‘zbek o‘yinchisi – Rustam Turdimurodovni jamoaga qo‘shib oldi.

Mavsum poytaxtlik “talabalar” uchun juda og‘ir o‘tdi. O‘tgan yili kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani isbotlangan uch jamoadan ochko olib tashlandi. Xususan, “Shaxtyor-Soligorsk” chempionatni -35, “Energetik BGU” -23 va “Belshina” -11 ochko bilan boshlandi.

“Energetik-BGU” olib qo‘yilgan ochkolar balansini to‘ldirgunicha, so‘nggi turga qadar musobaqa jadvalining oxirgi pog‘onasida bordi.

So‘nggi bellashuv ham juda omadsiz boshlandi. O‘z uyida “Slaviya”ni qabul qilgan “talabalar” 14-daqiqada gol o‘tkazib yubordi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Aleksey Lavrik penaltini aniq bajara olmadi.

Bahsning burilish nuqtasi 61-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Legionerimiz Amirbek Bakaev gol urib, hisobni tenglashtirdi va jamoasini kurashga qaytardi. Bu 19 yoshli hujumkor futbolchimizning joriy chempionatdagi 23-uchrashuvdagi ikkinchi goli bo‘ldi.

 O‘yin oxirigacha “Energetik-BGU” vakillari raqib darvozasini yana ikki marotaba ishg‘ol qildi – 3:1.

Asosiy raqobatchi – “Belshina” oxirgi bahsda “Dinamo-Brest”ga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ygani “Energetik-BGU”ga qo‘l keldi. Minsklik “talabalar” yakuni jadvalda “Belshina”dan br ochkoga o‘zib ketdi.

Endi Amirbek Bakaev va Rustam Turdimurodov jamoasi kelasi mavsumni oliy ligada boshlash uchun qo‘shimcha o‘yin o‘tkazadi. Raqib “Vitebsk” futbolchilari bo‘ladi.

1684425589

Mamlakat chempionligi bu gal “Dinamo-Minsk” jamoasiga nasib qildi. Poytaxtliklar musobaqani birinchi o‘rinda yakunlashi bir tur oldin ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, “Nyoman” klubi ta’qibchilaridan o‘zib ketib, ikkinchi o‘rin masalasini ham avvalroq hal qildi.

Bronza medal taqdiri so‘nggi turda aniqlandi. Kuchli uchlikka kirish imkoniyati yuqori baholangan BATE va “Isloch” bu imkoniyatni qo‘ldan boy berdi. Borisovliklar “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasiga 0:3 hisobida yutqazgan bo‘lsa, “Minsk” futbolchilari “Isloch”ni tor-mor keltirdi - 2:1.

Har ikki jamoaning mag‘lubiyati “Topedo-BelAZ”ga qo‘l keldi. Bu jamoa mavsum chempioni – “Dinamo-Minsk”dan kichik hisobda engilgan bo‘lsa-da, uchinchi qatordagi o‘rnini saqlab qoldi.

Fayzullaev yana termada...

Ekspert: Fayzullaev Messi emas, Evropada o‘ynab ketolmaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!