La Liga. "Real" Mbappe va Rodrigoning gollari evaziga qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
Ispaniya La Ligasining 17-turida "Real Madrid" safarda qiyin uchrashuvni o‘tkazgan bo‘lsa-da, "Alaves" ustidan g‘alaba qozondi (2:1).
Bellashuvning 24-daqiqasida jarohatdan qaytgan Kilian Mbappe Jud Bellingemning chiroyli pasini golga aylantirdi. "Alaves" futbolchisi Karlos Visente esa 68-daqiqada ofsayd chizig‘ini ushlash bo‘yicha master klass o‘tab berdi va hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqaga kelib Vinisius Juniorning trivela uzatmasini Rodrigo golga aylantirgan holda, "qaymoqranglilar"ning g‘alabasini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" ushbu to‘qnashuvdagi g‘alabasi orqali ochkolar sonini 39 taga etkazib olib, peshqadam "Barselona" bilan farqni 4 tagacha qisqartirib oldi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Deportivo Alavés
- Carlos Vicente 68'
Tugadi
1
:
2
01:00
Real Madrid
- Kylian Mbappé 24'
- Rodrygo 76'



Fikrlar