
La Liga. "Atletiko" o‘z maydonida so‘nggi pog‘onadagi jamoaga mag‘lub bo‘ldi
La Liga 21-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda" Atletiko" o‘z maydonida "Levante"ni qabul qildi. Mazkur bahsda "matraschilar" 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
54-daqiqada Gonsalo Melero tomonidan urilgan gol amalda hammasini hal qildi.
Mazkur natijadan so‘ng Madrid klubi hisobidagi 39 ochko o‘zgarmay qoldi. Ayni damda ular La Liga turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Ochkolari sonini 14 taga etkazib olgan "Levante" so‘nggi pog‘onani band etgan.
Fikrlar