
Koronavirusdan kuchsizlangan jamoa “Barsa”ni er tishlatdi
Braziliyaning “Flamengo” jamoasi qiyin ahvolga tushib qolganiga qaramay, qit’aning nufuzli musobaqasi – Libertadores kubogi doirasida safar uchrashuvidan g‘alaba bilan qaytdi.
Gap shundaki, o‘yin oldidan “Flameno”ning birdaniga etti futbolchisida koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Bu o‘yinning barbod bo‘lish ehtimoli bor edi. Shunga qaramay, “Flamengo” vaziyatdan chiqishni uddaladi.
Musobaqaning guruh bosqichi 4-turi uchrashuvini Ekvadorning “Barselona” jamoasiga qarshi o‘tkazgan braziliyaliklar Pedro Abreu va Xiorxyan de Arraskaeta tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar javob to‘piga Leandro Emanuel Martines mualliflik qildi.
“Flamengo” bu g‘alabadan so‘ng, ochkolari sonini 9 taga etkazib, guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar