Ko‘p gol o‘tkazayotgan “Manchester Yunayted” qimmatbaho himoyachi oladigan bo‘ldi

  • 3 oktabr, 2023, 17:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaror qildi.

Tecno

TodoFichaes nashrining yozishicha, manchesterliklar “Bavariya” vakili Matteys de Ligtni transfer qilmoqchi. Niderlandiyalik futbolchi bosh murabbiy Tomas Tuxelning o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmayapti va shu bois unga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayapti.

Myunxenliklar ustozi himoya markazida Dayot Upamekano va Kim Min Jedan iborat tandemni o‘ynatmoqda.

Buni inobatga olgan Matteys de Ligt imkon qadar tezroq jamoasini o‘zgartirmoqchi. “Bavariya”ga o‘tgunga qadar niderlandiyalik himoyachi “Yuventus”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblangan.

“Manchester Yunayted” bu himoyachini oladigan bo‘lsa, 80 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Aytish joizki, Matteys de Ligt “Ayaks”da aynan Erik ten Xag qo‘l ostida o‘ynagan. Manchesterliklarning hozirgi murabbiyi bu himoyachining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!