
Konte Pirloning "Yuventus"ga bosh murabbiy bo‘lgani haqida: O‘zimni qaridek his qilyapman
«Inter» ustozi Antonio Konte sobiq shogirdi Andrea Pirloning «Yuventus»ga bosh murabbiy etib tayinlangani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Albatta, Andrea uchun judayam xursandman. U menga futbol haqida ko‘p narsalarni tushuntirgan, bundan tashqari, u ajoyib inson va men uni juda qattiq hurmat qilaman. Men shug‘ullantirgan futbolchilar murabbiy bo‘lishganini ko‘rsam, o‘zimni qaridek his qilaman”, - deydi italiyalik mutaxassis.
41 yoshli Pirlo “Yuventus” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzoladi. U aynan mana shu jamoada Konte qo‘l ostida bir necha mavsum to‘p surgan edi.
Fikrlar