
Konte: "OAV “Napoli”ga intriga uchun rahmat aytishi kerak"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasi A Seriyadagi kurashni saqlab qolgani bilan maqtandi.
Neapolliklar 32-turda "Empoli"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, "Inter"dan 3 ochko orqada borishmoqda.
– Biz o‘z o‘rnidamiz, “Inter”dan uch ochkoga ortdamiz, lekin, menimcha, bizning qilib kelayotgan ishimiz aqlbovarsiz. Biz muammo yaratishni maqsad qilgandik va yaratmoqdamiz. Chempionat oxirigacha ham shunday bo‘lishini istaymiz.
Shuningdek, gazetalar va ommaviy axborot vositalari “Napoli”ga intrigani saqlayotgani uchun rahmat aytishi kerak. Aks holda chempionat taqdiri oldindan ma’lum bo‘lardi va ko‘proq sukut, kamroq gazetalar, kamroq telebahslar bo‘lardi, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar