Klaudio Bravo EChL tarixiga kirdi

  • 7 noyabr, 2019, 10:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur "Atalanta"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durrang bilan yakunlandi.

Tecno

Ingliz klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tanaffusdan so‘ng jarohat olgan darvozabon Edersonning o‘rniga Klaudio Bravoni maydonga tushirdi.

Chili terma jamoasi darvozaboni esa o‘yinning 81 daqiqasida xakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. Bahsni himoyachi Kayl Uoker golkiper sifatida yakunlab qo‘ydi.

TASS nashri xabariga ko‘ra, Klaudion Bravo bu natijasi bilan Chempionlar ligasi tarxida zahiradan maydonga tushib, qizil kartochka olgan ilk darvozabon bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!