
Jeydon Sancho MYuga o‘tmasligi mumkin
"Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning "qizil iblislar" tarkibiga o‘tishi so‘roq ostida qolmoqda.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, agar mankunianliklar Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, unda angliyalik xavbek "asalarilar" safida qolishi mumkin.
MYu ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalining beshinchi o‘rnini band etib turibdi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi bilan esa oraliq uch ochkoni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Manchester Yunayted" Sanchoning transferi uchun asosiy xaridor sifatida baholanayotgan edi.
Fikrlar