
"Jenoa"ning "Milan"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi (foto)
Italiya A Seriyasi 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvni "Jenoa" mehmonda o‘tkazadi. Genuyaliklar chempionlik uchun da’vogarlar qatorida e’tirof etilayotgan "Milan" maydoniga safar qiladi.
Shomurodov mashg‘ulotlarga kirishdi. Raqib chempionlik uchun da’vogar (foto)
Mazkur bahs uchun klub bosh murabbiyi Davide Ballardini qaydnomani e’lon qildi. Unda hamyurtimizning ismini ham uchratishimiz mumkin. Demak, "San Siro"da bo‘lib o‘tadigan bellashuvda Eldor harakat qilishi ehtimoldan holi emas.
"Milan" - "Jenoa" o‘yini 18 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da start oladi. Jamoalarning so‘nggi qarama-qarshiligida 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgandi.
Fikrlar