
"Jenoa"ni sudga berishmoqchi
"Jenoa" yarim himoyachisi Lasse Shyonening agenti Revien Kanxay mijozi klubni sudga bermoqchi ekanligini ma’lum qildi. Genuyaliklar daniyalik futbolchini 2020/21 yilgi mavsum uchun qaydnomadan o‘tkazishmagan.
"Klub Lasse borasida yaxshi ish qilmayapti. Shartnoma bandlari ancha vaqtdan buyon buzilmoqda. Shu bois, biz chora ko‘rishga qaror qildik. "Jenoa" Lasseni yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazmasligi haqida ogohlantirish bermadi. Aks holda, biz unga boshqa jamoa topgan bo‘lar edik. Zudlik bilan sudga murojaaat qilamiz. Chunki, bunga o‘xshash holatlar Xalqaro sport arbitraj sudi va FIFA tomonidan allaqachon tahlil qilingan", - dedi Shyonening agenti.
Eslatib o‘tamiz, "Jenoa" jamoasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyat olib boradi.
Fikrlar