
"Jenoa" London klubidan futbolchi olmoqchi
"Jenoa" mutasaddilari "Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulosni A Seriyaga qaytarishga urinib ko‘rmoqchi. Genuya klubi himoyachi vakillariga aloqaga chiqdi.
32 yoshli futbolchi uchun "Jenoa" bilan bir qatorda "Betis", "Fenerbahche" va "Olimpiakos" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, genuyaliklar zaxira varianti sifatida "Sampdoriya" himoyachisi Omar Kollini ham kuzatib bormoqda.
Fikrlar