
"Jenoa" bosh murabbiyi "Benevento"ga qarshi bahs haqida nimalar dedi?
Italiya A Seriyasining 32-turidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Benevento" uchrashuvi tomonlarning 2:2 hisobidagi durangi bilan yakunlandi. Ushbu bellashuvdan so‘ng, "griffonlar" ustozi Davide Ballardini matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Xavfsizlik xaritasini tuzib chiqmoqchi emasmiz, maqsadimiz - keyingi uchrashuvga e’tiborimizni qaratish. Shu paytgacha qilgan ishlarimiz tempimizni saqlab qola olsakkina, ahamiyatga ega bo‘ladi. Kelganimdan buyon 19 o‘yinda 26 ochko jamg‘arishga erishdik.
Hozirgi asosiy vazifamiz o‘yin uslubimizni mahkam ushlagan holda mavsum yakunigacha etib borish. Bo‘shashish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi", - dedi Ballardini.
"Jenoa" navbatdagi o‘yinini 24 aprel kuni "Spetsiya"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar