Javohir Sindarov BAAdagi xalqaro turnir g‘olibi

  • 15 aprel, 2022, 14:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

12-13 aprel kunlari BAAning Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha “GM Stars 2022 International Chess Ramadan Event” xalqaro turniri o‘tkazildi. Davraviy tizimda o‘tgan ushbu turnirda 6ta mamlakatdan 6 nafar grossmeyster qatnashdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2022-04-15_11-22-55

Turnirda BAA vakili, arab mamlakatlari orasida eng yuqori reytingli shaxmatchi Salim Solih (FIDE reytingi 2 621 ball), Igor Miladinovich (Serbiya, 2 582), Viorel Iordekesku (Moldova, 2 566), Adli Ahmad (Misr, 2 546), Grivas Efstratsios (Gretsiya, 2 423) kabi taniqli shaxmat ustalari qatorida hamyurtimiz Javohir Sindarov (2 425 ball) ham ishtirok etdi va yakunda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Javohir 10 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘arib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni 6,5 ochkodan jamg‘argan Misr va BAA vakillari band etishdi.

photo_2022-04-15_11-22-53

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!