
Janubiy Koreya. Tursunov va Gadoevning jamoasida ishlar yaxshi emas
Hamyurtlarimiz Sanjar Tursunov hamda Shoxrux Gadoev to‘p tepadigan "Tedjon Sitizen" klubi bu tur o‘z maydonida "Pusan Ay Park"ni qabul qildi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Gadoev bahsni asosiy tarkibda boshladi va 63-daqiqada zaxiraga olindi. Tursunov esa 42-daqiqada maydonga tushdi. Shu tariqa "Tedjon Sitizen" qatorasiga uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va bu bellashuvlardagi to‘plar nisbati 0:5 ni tashkil etdi.
Jamoa ortda qolgan 10 turdan so‘ng turnir jadvalida 10 klub orasida 8-o‘rinda (11 ochko) bormoqda.
Janubiy Koreya "K2" ligasi. 10-tur
"Tedjon Sitizen" - "Pusan Ay Park" 0:5.
Fikrlar