
Jahon kubogi. Yana 3 nafar hamyurtimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
World Boxing tashkiloti kubogining navbatdagi kunidan yarim final janglari o‘rin olgan. Hozirgacha 4 nafar vakilimiz final yo‘llanmasini hal etib bo‘lishdi. Bugun esa, 3 ta bokschimiz hal qiluvchi bosqich oldidan uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Quyida juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Jose Felipe (Gvatemala), soat 03:15 (5 aprel tongida);
-80 kg: Javohir Ummataliev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston), soat 04:00 (5 aprel tongida);
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Yakub Strashevski (Polsha), soat 04:45 (5 aprel tongida);
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Bokschilarimizning natijasini bizning sayt orqali kuzatib boring.
Fikrlar