
Italiyaning yana bir mashhur nashri Eldor Shomurodovni asosiy tarkibga kiritdi (Foto)
Bugun Italiya A Seriyasi 4-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Jenoa" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Biroz avval, Italiyaning dunyoga mashhur "La Gazette dello Sport" nashri mazkur bahs uchun taxminiy tarkiblarni ma’lum qildi. Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi taxmin qilingan.
Endi esa, mamlakatning yana bir obro‘li nashrlaridan biri "Corriere Dello Sport" uchrashuv prevyusini e’lon qildi, taxminiy tarkibni tuzdi. Unda ham, Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Ushbu nashr jurnalistlari "Jenoa"ning oldingi chizig‘ida Shomurodov – Pandev tandemi bo‘lishini bildirgan.
"Verona" - "Jenoa" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi.
Fikrlar