
Italiyaning mashhur nashri Shomurodov bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashiga ishonmoqda (foto)
A Seriya navbatdagi turi doirasida "Jenoa"ni muhim o‘yin kutib turibdi. Genuyaliklarning turnir jadvalidagi bevosita raqobatchisi sanalgan "Bolonya" so‘nggi turdan keyin 14-o‘ringa tushib qolgan Shomurodov jamoasi uchun jiddiy raqib.
Italiya futbolini yaqindan yoritishga ixtisoslashgan "La Gazette dello Sport" nashri ushbu bahs uchun taxminiy tarkiblarni ma’lum qildi. Quvonarlisi, nashr mutaxassislari hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshlashiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, "Bolonya" - "Jenoa" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.
Fikrlar