
Italiyani engilmas jamoaga aylantirgan Manchiniga superklubni topshirishmoqchi
Italiya terma jamoasini muvaffaqiyatli boshqarayotgan Roberto Manchiniga bir necha grand klublar rahbarlari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumki, Manchini boshqaruvidagi italiyaliklarni 20 ta o‘yindan beri hech kim engolmayapti.
Ayni paytda, italiyalik mutaxassisga “Manchester Yunayted” va PSJ ish taklif qilishga tayyor. Har ikki klub xo‘jayinlari jamoani boshqarayotgan mutaxassislar ishidan qoniqmayapti va mavsum oxirida ularni almashtirishga tayyor.
Manchinining Italiya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Biroq, yaqinda Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasini muddatidan oldin topshirib, “Barselona”ni qabul qilib olgani MYu va PSJ rahbarlarida yaxshiga kompensatsiya evaziga Manchinini olishga umid uyg‘otmoqda.
Fikrlar