Isroil Madrimov va Mishel Soro bo‘lajak jangi haqida nima dedi?

  • 9 iyun, 2022, 22:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBA eliminator jangi sifatida Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasida revansh buyurilgan edi. Matchroom promouterlik kompaniyasi jangni rasman e’lon qildi. Ushbu bahs 9 iyul kuni Angliyaning London shahridagi "O2" arenasida bo‘lib o‘tadi. Asosiy jangda og‘ir vazn vakillari Kubrat Pulev va Derek Chisora o‘zaro revansh jangini o‘tkazadi.

Tecno

2021 yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda gongdan so‘ng bir necha zarbalar yo‘llanishi natijasida Madrimovning 9-raunddagi texnik nokautli g‘alabasi tashkilotni qoniqtirmagan va ikkinchi jangga buyruq berilgan edi.

Ushbu jang oldidan bokschilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

"Men bu jangni yana intizorlik bilan kutyapman. Birinchi jangdan so‘ng, men jamoamga darhol agar revansh zarur bo‘lsa, men tayyor ekanligimni aytib o‘tgan edim. Men hech qanday savolga o‘rin qoldirishni xohlamayman. Bu safar kim kuchli bo‘lsa sharafli va qat’iy g‘alaba qozonishiga qo‘yib bering. Biz yaxshi mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz va 9 iyul uchun tayyor bo‘lamiz",- dedi Madrimov.

Mishel Soro esa ikkinchi jangda mag‘lub bo‘lishga haqqi yo‘q ekanligini his qilmoqda.

"Madrimov ajoyib jangchi va na’munali sportchi, juda hurmatga loyiq inson. Bu jang har ikkalamiz uchun ham muhim, biz jang qilmoqchimiz. Men birinchi jangdagidan ko‘ra kuchliroq bo‘laman, mag‘lub bo‘lishga haqqim yo‘q, g‘olib bo‘lishim uchun borimni beraman",- dedi Soro.

Ushbu jang g‘olibi hozirda mutlaq chempion bo‘lib turgan amerikalik Jermell Charloga (35-1-1, 19KO) majburiy da’vogarga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!