Isroil Madrimov hozirda necha kilogramm va jangga qadar yana qancha vazn tashlashi kerak?

  • 11 avgust, 2020, 18:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

15 avgust (Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongda) kuni Isroil Madrimov  WBA jahon chempionlik kamari uchun yakuniy eliminator jangda amerikalik Erik Uokerga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Tecno

Hamyurtimiz hozirda jang kechasi tashkil qilinadigan Talsa shahrida bo‘lib turibdi va mashg‘ulotlarning so‘nggi bosqichiga kirishgan. Albatta, har bir jangda vazn masalasi ham birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Madrimov esa, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z og‘irligini namoyish etdi. Unga ko‘ra, yurtdoshimizning vazni 156 funt -70.7 kg bo‘lib, u jangga qadar ushbu vaznni nazorat qilib bormoqda. Vazn meyori esa 154 funt- 69.8 kg bo‘lishi lozim. Bu me’yorni bajarish uchun Madrimov yana 900 gramm vazn tashlash kerak bo‘ladi. Albatta, bu 5 kun vaqt ichida qiyinchiliksiz amalga oshirilishiga shubhamiz yo‘q.

Hamyurtimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!