Ispaniyalik futbolchi faoliyatini London klubida davom ettirishi mumkin

  • 24 noyabr, 16:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik Bilbao" klubi futbolchisi Niko Uilyams o‘z karerasini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik yulduzning xizmatlariga Londonning ikki klubi "Chelsi" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. APL grandlari Niko uchun 70 million evro to‘lashga tayyor. Bu taklif esa "Atletik"ni qoniqtirishi mumkin. Cababi, Uilyamsga bo‘lgan talab pasayib qolgan. Yozda futbolchiga PSJ, "Bavariya" va "Barselona" klublari qiziqish bildirgan edi.

23 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 70 million evroni tashkil etadi. Uning Ispaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2035 yilgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Niko joriy mavsum "qizil-oqlar" safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!