
Ispaniya kubogining yana bir bahsi boshqa sanaga ko‘chirildi
Ispaniya kubogining birinchi bosqichi doirasidagi "Xove Espanol" va "Real Sosedad" o‘rtasidagi bahs noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi. Bu haqda basklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
30 oktyabr kuni Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Ispaniya kubogining birinchi bosqichidagi ikkita o‘yinini to‘fon oqibatlari tufayli qoldirganini e’lon qilgan edi.
Shu tariqa, "Valensiya" - "Parla Eskuela", "Levante" - "Pontevedra" va "Xove Espanol" - "Real Sosedad" bellashuvlari boshqa sanaga ko‘chirildi.
Fikrlar