
Ispaniya kubogi. "Barselona" turnirni tark etdi
Ispaniya kubogi chorak finaldan o‘rin olgan "Atletik" - "Barselona" bahsida mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 1-daqiqada Guruseta hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqada Levandovski imkoniyatlarni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Yamal jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taym boshida Sanset hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng aka-uka Uilyamslar bittadan gol urib, o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari turnirni tark etdi.
Fikrlar