
Islom To‘xtaxo‘jaev: "Ko‘proq natija haqida o‘yladik"
Kecha “Qizilqum” ham mavsumni g‘alaba bilan boshlab oldi. O‘z uyida “Andijon”ni qabul qilib, yagona gol evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.
Bu yil navoiyliklar safiga ayrim tajribali o‘yinchilar qo‘shildi. Islom To‘xtaxo‘jaevning “Qizilqum”ga taklif qilingani shubhasiz jamoa o‘yinini kuchaytirishiga turtki bo‘ladi. Masalan, “Andijon”ga qarshi bahsda mezbonlar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldilar. Bunda To‘xtaxo‘jaevning ham hissasi bo‘ldi.
Garchi maydon sifati qoniqarli darajada bo‘lmasa-da, bu “Qizilqum”ning g‘alabasiga xalaqit qilmadi. Islom To‘xtaxo‘jaev sports.uz saytiga o‘yin, maydon holati va klubga qo‘shilgani haqida shunday dedi:
- Dastlabki o‘yin doim qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ko‘proq natija haqida o‘yladik. Maydon holatini Xitoydagisi bilan solishtiradigan bo‘lsam, u erda bir oy ichida bitta maydonda 15 ta o‘yin bo‘lgandi, adashmasam. Bu erda endi birinchi uchrashuv bo‘ldi. Lekin maydon tekis edi.
Xitoydagi jamoam kutilmaganda bankrot bolib qoldi. Bu erda esa vaqt oz qolgandi. Hamidjon aka Aktamov bilan juda tez kelishdik va “Qizilqum”ga yordam berishga qaror qildim. Maqsadlarimiz albatta jiddiy.
Fikrlar