
"Inter" jiddiy jarohat olgan Kuadrado o‘rniga kanadalik futbolchi olib keladi
"Inter" qishki transferlar oynasida kanadalik Tajon Byukenenni sotib oladi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi.
"Bryugge" vakili jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Xuan Kuadrado o‘rniga olib kelinmoqda. Uning uchun "neradzurrilar" bonuslardan tashqari 10 million evro to‘laydi.
Futbolchi Belgiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning "Bryugge" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar