
"Inter" Ikardini nima qiladi?
Mavsumni PSJ safida o‘tkazayotgan “Inter” hujumchisi Mauro Ikardining kelajagi so‘roq ostida turibdi.
Parijliklar uni 70 million evro evaziga to‘liq sotib olishga tayyor. Biroq, argentinalik futbolchi Italiyaga qaytishni xohlayapti. “Neradzurrilar” esa u haqida hali yakuniy qarorga kelishmadi.
“Ikardi qaytadimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Hali biz uning transferini muhokama qilmadik. Hozir butun dunyoning e’tibori salomatlikni saqlashga qaratilgan. Shundan keyingina boshqa narsalar haqida o‘ylashimiz mumkin”, - deydi “Inter” vitse-prezidenti Xaver Dzanetti.
Aytish kerakki, Ikardiga “Milan”, “Napoli” va “Yuventus” kabi A Seriya grandlari qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar