"Inter" bosh murabbiyi bo‘lishi uchun nomzodlar ma’lum

  • 4 oktabr, 2022, 16:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Fabritsio Romano Simone Indzagi iste’foga chiqarilsa, "Inter" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzod nomini ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, rahbariyat klubning sobiq yarim himoyachisi Deyan Stankovich nomzodini ko‘rib chiqmoqda. 44 yoshli serb 2015/16 yilgi mavsumda “Inter”da yordamchi murabbiy sifatida ishlagan, shundan so‘ng 2019 yildan 2022 yilgacha vatanida “Tsrvena Zvezda”ni boshqargan.

Agar “Inter” Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turida Kataloniya “Barselona”siga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, Simone Indzagining "kursisi qimirlab" qolishi mumkin. Shu bois, ushbu bahsda "neradzurrilar"ni faqat g‘alaba qanoatlantiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!