
"Inter" 3 ta gol urib ham g‘alaba qozona olmadi (video)
Kecha A Seriyaning 27-turida “Inter” “Giuseppe Meazza”da “Sassuolo”ni qabul qildi va kutilmaganda ochko yo‘qotdi.
Aniqrog‘i, Milandagi bahs 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Neradzurrilar” safida Romelu Lukaku 41', Krishtiano Biragi 45' va Borxa Valero 86' gol urdi. Mehmonlarda esa Franchesko Kaputo 4', Domeniko Berardi 81' hamda Janjakomo Manyani 89' o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar