
Ilyos Zeytullaev: "Goldan keyin sinib qoldik"
Superligada 23-tur ortda qoldi. "Bunyodkor" jamoasi Farg‘onada "Neftchi" mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. "Neftchi" mudofaada juda tartibli o‘yin ko‘rsatadi. Birinchi golga qadar munosib ko‘rinayotgan edik, ammo yakunda mag‘lub bo‘ldik. O‘rganib chiqib kerakli xulosalarni chiqaramiz.
- "Bunyodkor" "Neftchi" bilan bahsga qadar 5 ta bellashuvda mag‘lub bo‘lmayotgan edi?!
- Bilasizmi, Levchenko kuchli mutaxassis. Shunga qaramay, "Neftchi" bilan birinchi bo‘limda munosib kurashdik. Himoyachilarimiz ularga deyarli imkon bermadi, ammo goldan keyin sinib qoldik. O‘yinga qaytishga intildik. Shu o‘rinda hakam tomondan qo‘shib berilgan 5 daqiqa davomida raqib futbolchilari 6-7 daqiqa maydonda yotdi. Futbolchilar o‘z vazifasini ayyorlik bilan uddalashdi. Hakam bunga e’tibor berishi kerak edi.
Fikrlar