
Ikardi, Kavani va Di Mariya tug‘ilgan kunlarini qanday nishonlashdi? (video)
PSJ futbolchilari Mauro Ikardi, Edinson Kavani va Anxel Di Mariya o‘zlarining tug‘ilgan kunlarini birgalikda Parijdagi Pavillon Dauphine klubida nishonlashdi.
Ushbu bayram Ikardining ayoli Vanda Nara tomonidan tashkillashtirildi. Xar bir tug‘ilgan kun sohiblariga maxsus tort tayyorlandi. Forvard Kilian Mbappe didjeylik qilgan kunda Keylor Navas va boshqa futbolchilar esa "Bokser" nomli avtomatda o‘z kuchlarini chamalab ko‘rishdi.
Klub muxlislari esa bayramdan ikki kundan so‘ng Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘lgan parijlik futbolchilardan norozi bo‘lishdi.
Fikrlar