
Husanov maydonga tushmagan bahsda "Lans" durang o‘ynadi
Frantsiya chempionatining ikkinchi turida "Lans" "Renn"ni o‘z maydonida qabul qildi.
Dastlab, 3-daqiqada Deyver Machado mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 53-daqiqada penaltidan Benjamen Burijo hisobni tenglashtirdi. Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvda ham maydonga tushirilmadi.
Jamolar bir ochkodan bo‘lishib oldi va "Lans" turnir jadvalida 13-o‘ringa jyolashdi. "Renn" esa 3-pog‘onaga chiqib oldi.
Fikrlar