
Hozirgi o‘yinchilarning birortasi “Manchester Yunayted”da qoladiganga o‘xshamaydi!
“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoada katta tozalash bo‘lishi kutilayotganini taxmin qilmoqda.
- Hozirgi o‘yinchilarning birortasi jamoada qoladiganga o‘xshamaydi. Hammasi ketmoqchi shekilli. Menga kamida 15 nafar o‘yinchi jamadonlarini yig‘ishtirib, Manchesterni tark etishga tayyor turgandek tuyulyapti.
Ilgari bunaqasi bo‘lganmi?
Jamoaga yangi murabbiy keladi va u vaziyatni o‘zgartirishi uchun Eynshteyn darajasida aqlli bo‘lishi kerak, - dedi Rio Ferdinand.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati futbolchilarni tez orada Erik ten Xag bosh murabbiy sifatida tanishtirilishi haqida ogohlantirgan.
Fikrlar