Hamrobekov oldida ikki yo‘l. Odil tavakkal qiladimi?

  • 2 mart, 2021, 18:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, SPORTS.uz saytida "Paxtakor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini "Shabab Al-Ahli"da davom ettirishi haqida yozgan edik.

Tecno

Saytimiz muxbiri Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, Dubay klubi Odil xizmatidan 2-3 oy foydalanib, keyin uni ijaraga berishni reja qilgan. Hamyurtimiz oldida ikkita variant turibdi: tavakkal qilib, "Shabab Al-Ahli" bilan bitim imzolaydi yoki Toshkentga qaytadi.

Shuningdek, dubayliklar mashg‘ulotlarida Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi Muborak Bussufa ham ishtirok etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda "sherlar" futbolchisi Dubayga uchib ketganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, Hamrobekov hali yig‘inga qo‘shilmagan.

Voqealar rivojini bizda kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!