Hammasini ikki o‘zbek legioneri mahorati hal qildi! Buni raqib ham tan oldi!

  • 16 mart, 2023, 21:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasining qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Uchinchi tur yakunlariga ko‘raYu to‘rt jamoa yuz foizlik natija bilan peshqadamlikni qo‘lga olgan.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi – O‘zbekiston milliy terma jamoa jamoasiga nomzod futbolchilar – Igor Sergeev, Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov to‘p tepayotgan “Tobol” va “Ordabasi” klublari bu yil chempionlik uchun kurashmoqda.  

Quvonarli tomoni shundaki, legionerlarimizning barchasi o‘z jamoasida asosiy figuralar sifatida tan olinmoqda. Xususan, “Ordabasi”ning ketma-ket uchta uchrashuvdagi g‘alabasini Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqovning gollari ta’minlab kelmoqda.

Shimkentliklar uchinchi turda “Jetisu” jamoasining jiddiy qarshiligiga uchradi. Biroq, ikki futbolchimizning mahorati “Ordabasi”ga muhim uch ochkoni keltirdi. Bobur Abduxoliqov birinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni ochgan bo‘lsa, Shahboz Umarov yakuniy nuqtani qo‘ydi – 2:0.

main55415091_38409d82bb86e5e1bb74eeadb4ec8ff4

O‘yindan keyin raqib jamoa bosh murabbiyi Almas Kulshinbaev mag‘lubiyat sababini gol urgan futbolchilarning salohiyati bilan bog‘ladi.

- O‘ylashimcha, bu bahs o‘tkazgan uchala bellashuvimiz orasida eng yaxshisi bo‘ldi. Biz “Ordabasi”dan umuman qolishganimiz yo‘q. Ayrim vaziyatlarda ulardan ustunlik ham qildik, bir necha xavfli vaziyatlarni yarata oldik.

Lekin bir juft xatomiz uchrashuv taqdirini hal qildi. Ayniqsa, raqibning mahoratli futbolchilari kamchiliklarimizdan unumli foydalanib, uchrashuv natijasini hal qilib qo‘ydi, - dedi Almas Kulshinbaev.

“Ordabasi”ni boshqarayotgan belaruslik murabbiy Aleksandr Sednev ham qiyin o‘tgan to‘qnashuvdagi g‘alabada gol urgan futbolchilarning mahorati ko‘p narsani hal qilganini alohida e’tirof etdi.  

- Juda qiyin uchrashuv bo‘ldi. Afsuski, bahsni o‘zimiz kutgandek yaxshi boshlay olmadik. O‘yinga kirishib ketish og‘ir bo‘ldi.

Bellashuvning  birinchi yarmida shogirdlarim charchab qolgandek ko‘rindi. Bunga sun’iy maydondan tabiiy chimga o‘tganimiz sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman. Barcha shogirdlarimga balli. Ular taktik jihatda juda ishonchli o‘ynadi. Raqibga uzoqdan zarba berishdan boshqa hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.

Futbolchilarimizning individual harakatlari va ijro mahorati tufayli ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldik, - dedi Aleksandr Sednev.

Darhaqiqat, Bobur Abduxoliqov “Jetisu”ga qarshi bahsda juda faol o‘ynadi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovringa ham ega chiqdi.

“Ordabasi”ning uchta o‘yinida Bobur va Shahboz ikkitadan to‘p kiritdi. Abduxoliqov hisobida bitta assist ham bor.

63f9ebad12c2b (1)

Legionerlarimizning  sermahsul o‘yini tufayli “Ordabasi” to‘qqizta gol bilan chempionatda eng ko‘p to‘p kiritgan ikki jamoadan biri bo‘lib turibdi.

Shimkentliklar navbatdagi tur uchrashuvini mehmonda o‘tkazadi. Legionerilarimiz 1 aprelga belgilangan bellashuvda “Astana” jamoasi maydoniga safar uyushtiradi.

Legionerlarimiz Premer-ligani “yorvordi”!

Shomurodov bor va O‘zbekiston yangi chempionatda yuqori o‘rin uchun kurashadi!

Shomurodovga Dibala qachon joyini bo‘shatib beradi?

Abduxoliqov Premer-ligada ham porlay boshladi!

Shomurodov nega “Lill”, “Everton”, “Valyadolid” va “Bayer” taklifini qabul qilmadi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!