
Gvardiola Savio o‘rniga undan zo‘rini topib qo‘ydi
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi “RB Leyptsig” klubi yarim himoyachisi Xavi Simons uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “shaharliklar” futbolchining agenti Ali Barat bilan aloqalarni qayta tiklagan va “Chelsi” olishga harakat qilayotgan Simonsni o‘ziga og‘dirib olishga harakat qilmoqda.
“Manchester Siti”ning Xavi Simons nomzodiga e’tibor qaratgani braziliyalik vinger Savioning jamoani tark etishi mumkinligi bilan bog‘liq. Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga binoan, uni “Tottenxem” o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Avvalroq, Xavi Simonsga “Chelsi” ham jiddiy qiziqish bildirgani xabar qilingan va ikki klub o‘rtasida muzokaralar ancha ilgarilab ketgani aytilgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi transferni kutib, “RB Leyptsig” mashg‘ulotlariga qo‘shilmayapti.
Fikrlar