Gvardiola dahshatli maosh evaziga Braziliya termasini boshqaradi

  • 7 aprel, 2022, 22:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Braziliya terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi Marca nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Braziliya futbol federatsiyasi ispaniyalik murabbiyni terma jamoa bosh murabbiyligiga eng mos mutaxassis sifatida ko‘rmoqda. Rejaga ko‘ra, ular Gvardiolani shu yilning oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin, hozirgi bosh murabbiy Tite lavozimini bo‘shatishi bilan olib kelmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya futbol federatsiyasi mutasaddilari Gvardiolaning o‘zi va uning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar bilan bog‘lanib, muzokaralarni boshlab yuborgan. Braziliyaliklar bu mutaxassis bilan 2026 yilgi jahon chempionati yakunigacha shartnoma imzolashni taklif qilyapti. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, federatsiyasi murabbiyning har mavsumi uchun 12 million evro maosh to‘laydi.

60 yoshli Tite Braziliya terma jamoasini 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Gvardiola ham “shaharliklar”ni aynan shu sanada qabul qilib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!