
Germaniya bilan jahon chempionatini yutgan murabbiy Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin!
Xabaringiz bor, yaqinda Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evropa chempionati finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgan edi. Shundan so‘ng Angliya futbol federatsiyasi terma jamoaga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
"The Sun" nashrining yozishicha, Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyov "uch ranglilar"ni boshqari mumkin. 64 yoshli mutaxassis hozirda ishsiz va muzokara o‘tkazishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Lyov 2006 yildan 2021 yilgacha Germaniya termasini boshqarib, 2014 yilda Braziliya maydonlarida bo‘lib o‘tgan mundialda chempionlikni qo‘lga qiritgan.
Fikrlar