Gasperini: "Liverpul"ning musobaqadan chiqarib yuborilgani medalga munosib ish!"

  • 19 aprel, 2024, 12:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. 

Tecno

Dastlabki o‘yinda 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Liverpul" ikkinchi bahsda "Atalanta" darvozasiga bitta gol urdi. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra, bergamoliklar yarim finalga yo‘l oldi. 

Mazkur uchrashuvdan so‘ng italiyaliklar bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bizda ajoyib jamoa bor, bundan mamnunman. Endi keyingi o‘yinlar haqida o‘ylaymiz. 

"Liverpul"ga qarshi kechgan bellashuv shiddatli bo‘ldi. Siz jamoangizni turli yo‘llar bilan himoya qilishingiz mumkin: yo orqaga o‘tib olib, yo raqibni bosim ostida ushlab turib. Biz ikkinchisini tanladik. Jismonan kuchli edik va aynan shu ustunligimizdan foydalanishga harakat qildik. 

Faoliyatim davomida ko‘p sovrin yutmagan bo‘lishim mumkin. Biroq medallarni topsa bo‘ladi, "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yuborganimiz ham medalga munosib ish bo‘ldi, menimcha", - dedi italiyalik mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!