Gandbol. Ayollar terma jamoamiz Osiyo chempionatida ishtirok etadi

  • 19 noyabr, 2022, 18:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Joriy yilning 24 noyabr – 5 dekabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qiladigan gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, terma jamoamiz qit’a birinchiligi oldidan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida so‘nggi yig‘inni yakunladi. Endi vakillarimiz 22 noyabr kuni Incheonga yo‘l olishadi.

Terma jamoamiz musobaqaning “A” guruhida Janubiy Koreya, Eron, Hindiston va Avstraliya termalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!