
Fyodorov O‘zbekistonning JCh-2026da ishtirok etish imkoniyatlarini baholadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Fyodorov terma jamoaning JCh-2026ga chiqish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Keyingi jahon chempionatida terma jamoalar soni ko‘proq bo‘ladi. Osiyodan qo‘shimcha joylar bo‘ladi. O‘zbekistonning JCh-2026ga chiqish imkoniyati juda yaxshi, chunki biz har doim ham bunga yaqin kelganmiz", - deydi Fyodorov.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finalida Qatarga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar