
"Football-Italia": Eldor Shomurodov "Atalanta"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi!
Italiya A Seriyasining 37-turida Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi turnir jadvalining 2-pog‘onasida borayotgan "Atalanta"ga qarshi bahs olib boradi.
Italiya sport nashrlari orasida etakchilardan sanaladigan "Football-Italia" sayti ushbu qarama-qarshilik uchun taxminiy tarkiblarini e’lon qildi:
"Jenoa": Perin, Goldaniga, Sapata, Masello, Gilone, Zayts, Rovella, Strootman, Zappakosta, Shomurodov, Destro.
"Atalanta": Gollini, Jimsiti, Romero, Palomino, Mele, De Roon, Froyler, Gosens, Malinovski, Ilichich, Duvan Sapata.
Fikrlar